"Qizilqum" ukrainalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Administrator
8 yanv 2026
Oleksiy Shebetun "Qizilqum" futbolchisi.

"Qishgi o'quv-yig'in mashgulotlarini davom ettirayotgan Akmal Rustamov qo'l ostidagi "Qizilqum" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Moldoviya, Belarus, Ukraina hamda Qozog'iston jamoalarida to'p tepgan mahoratli hujumchi Oleksiy Schebetun yangi mavsumda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Ukrainalik futbolchi klubimiz rahbariyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Oleksiy Shebetun haqida:

Tug'ilgan kuni: 02.06.1997 yil

Tug'ilgan joyi: Zaporoje - Ukraina

Poziciya: hujumchi

To'p tepgan jamoalari: "Zimbru" (Moldoviya), "Qizil-Jar" (Qozog'iston), "Metallurg" (Ukraina), "Avangard" (Ukraina), "Dinamo Kiev" (Ukraina)"", -deyiladi "Qizilqum" klubi bergan xabarda.


AdministratorMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.