Qirg'iziston klubi "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2025, 11:34
Qirg'izistonning "Ozgon" klubi Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Kuni kecha mazkur klub "Qo'qon-1912"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Ozgon" safida gollardan biriga o'zbekistonlik legioner Izzatilla Abdullaev mualliflik qildi.

Ushbu klubda Islom Abdullaev, Javohir Sohibov, Jahongir Qo'shoqov va Izzatilla Abdullaev kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishmoqda.

Ayni paytda "Ozgon" Qirg'iziston premer-ligasida 14 ta jamoa orasida 8-o'rinda bormoqda. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia