PSJ portugaliyalik xavbekini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022
PSJning portugaliyalik yarim himoyachisi Renatu Sanshesh jarohat olib safdan chiqdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchiga son mushaklarning shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchining tiklanish muddati oshkor etilmagan, ammo u bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuborishi aniq.

25 yoshli Sanshesh joriy mavsum PSJ safida 7 ta o'yinda harakat qilib, 1 ta to'p kiritdi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe