

Dezire Due 45-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Villem Jebbel 51-daqiqada penaltini aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi. Ammo, ikki daqiqadan so'ng Usmon Dembele raqib darvozasini ishg'ol qilib, derbida PSJga g'alabani taqdim etdi.
PSJ Liga 1 17-turidan so'ng 39 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda ketmoqda, yetakchi “Lans” bilan oradagi farq bir ochkoni tashkil etmoqda. “Parij” esa 16 ochko bilan 15-o'ringa joylashgan.


{



