Predrag Rogan: "Bu g'alaba futbolchilar va muxlislarniki"

Mirjalol Normatov
25 apr 2022, 22:26
Superliganing 5-turi doirasida "Lokomotiv" mag'lub etilganidan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Predrag Rogan o'z fikrlarini bildirdi.




- Yigitlar o'zlariga sovg'a tayyorlashdi. Ular uch oy davomida bu g'alaba uchun tayyorlanishdi. Hatto mag'lub bo'lgan paytlarimizda ham yaxshi o'yin ko'rsatgandik. Bugun futbolchilar oxirigacha kurashishdi. Bu g'alaba uchun qo'limizdan kelganini qildik. 

- Bugungi o'yin uchun taktika va futbolchilar sxemasi qanchalik darajada o'zgartirildi. Ko'rganimizdek, yarim himoyachi Evgeniy Chumak himoyada o'ynadi.

- Himoyada muammolar borligi ko'ringandi. Shu sababli biz bu borada ishladik. Evgeniy bu poziciyada yaxshi o'ynar ekan. Ammo keyinchalik u jarohat oldi. Chumak bilan ertaga muammolarni hal qilamiz.

- Keyingi bahs "Neftchi"ga qarshi. Jamoaning jismoniy holati qanday?

- Bugun Chumak va Yo'ldoshev jarohat oldi. Ular bizga kerakli futbolchilar. Hammasi zo'r, ham ruxan, ham jismonan. O'z navbatida muxlislar va futbolchilarga rahmat aytaman. G'alaba ularniki.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia