Petr Zelinski: "Kamp Nou"da gol urish - bu ajoyib"

Alisher
18 fev 2022, 14:04
"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski "Barselona" (1:1)ga qarshi Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

U o'z jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

"Kamp Nou"da gol urish - bu ajoyib. Ammo, javob o'yinida o'zimizni yaxshiroq ko'rsatishimiz kerak bo'ladi.

Garchi ikkinchi bo'limda kuchliroq o'ynash talab etilgan bo'lsa ham natija yomon emas. Bundan buyog'iga barchasi boshqacha bo'lishini taxmin qilaman", - deydi futbolchi.

Javob o'yini 24 fevralda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com