Per-Emerik Obameyang sobiq jamoasiga qaytdi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025
Per-Emerik Obameyang yana "Marsel"da o'ynaydi.

Fransiya klubi 36 yoshli hujumchining jamoaga qaytganini ma'lum qildi. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. U erkin agent sifatida sobiq jamoasiga qaytdi.

Gabonlik hujumchi bunga qadar "Marsel" uchun ham o'ynagan va 2023/24 yilgi mavsumda 34 o'yinda 16 gol urgan, keyinchalik "Al Qodisiya"ga o'tgandi.

O'tgan mavsumda u Saudiya Arabistoni chempionatining 32 o'yinida 17 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: om.fr