"Paxtakor" nazorat uchrashuvida "Nasaf"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2022
Superligada ishtirok etadigan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari davralar oralig'ida o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda poytaxtliklar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Sherlar" safida Oliver Sharkich dublga erishgan bo'lsa, Cheran yana bir gol muallifiga aylandi. Qarshiliklardan esa Sharof Muhitdinov bitta gol bilan javob qaytardi.

Qayd etish joiz, uchrashuv avvalida "Paxtakor" matbuot xizmati jamoa tarkibini e'lon qildi. Biroq "ajdarlar" rahbariyatining iltimosiga ko'ra, "Nasaf" tarkibi e'lon qilinmadi.

Nazorat o'yini

"Paxtakor" - "Nasaf" 3:1

Gollar: Sharkich 5-pen, 42, Cheran 58 - Muhiddinov 47.

"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Martinovich (Tursunov, 79), Larin (Azmiddinov, 60), Sayfiev, Aliboev, Hamrobekov (Ismoilov, 60), Sobirxo'jaev (O'rinboev, 60), Hamdamov (Xolmatov, 60), Cheran, Sharkich.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia