Paxtakor mavsumni chempionlik bilan boshladi

Khoja
17 fev 2022, 17:42
Bugun, Toshkent shahar futbol Assotsiatsiyasi Kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Poytaxt va qo'shni viloyatlarning 10 ta U-21 va 1 - liga jamoalari ishtirok etgan musobaqa qiziqarli va murosasiz kechdi. Hal qiluvchi final bahsida Toshkent jamoalari Paxtakor U-21 va Bunyodkor U-21 to'qnash kelishdi. Uchrashuvning 65 daqiqasida sherlar a'zosi Abdulloh Abdulazizov tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi. Shu tariqa, Paxtakor U-21 jamoasi mavsumni chempionlik bilan boshladi.

Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi kubogi

3-o'rin uchun bahs

Bunyodkor farm - Chig'atoy 0:1


FINAL

Bunyodkor U-21 - Paxtakor U-21 0:1

 Abdulloh Abdulazizov, 65




KhojaMuallif
Manba: championat.asia