"Paxtakor" braziliyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 14:58
Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasi posboni Jonatan Sikeyra "sherlar" qiziqishlari doirasida.

Bu haqda portugaliyalik insayder Sebastyan Souza Pintu xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" yangi ustozi Pedro Moreyra "Riu Ave"ning 33 yoshli darvozaboni Jonatan Sikeyrani "Paxtakor"da ko'rmoqchi. "Sherlar" vakillari transfer masalasida Portugaliya klubi bilan aloqaga chiqqan.

Ma'lumot o'rnida, Sikeyraning "Riu Ave" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt posbonni 500 ming evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/sebsousapinto