“Paxtakor” 2024 yilda qaysi brend liboslaridan foydalanadi?

Khoja
30 yanv 2024, 09:56
“Paxtakor” matbuot xizmati jamoa yangi mavsumda qaysi brend liboslarini kiyishini e'lon qildi.

“Sherlar” yangi mavsumda uzoq yillik hamkorlari bo'lmish “Adidas” liboslaridan foydalanishga qaror qilishdi. Dastlabki kiyimlar to'plami Germaniyaning o'zidan Turkiyaga etkazib berildi. Tez kunda to'liq liboslar Toshkentga keladi.

Eslatib o'tamiz, bugun “Paxtakor” “Dinamo” Kievga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC