O'zbekistonlik hakam Rossiya – Bruney uchrashuvida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2024, 17:31
RFI Rossiya va Bruney terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinining bosh hakami Rustam Lutfullin bo'lishini ma'lum qildi.

O'zbekistonlik 33 yoshli hakam Superliga va Kubok uchrashuvlarida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u 2024 yilda JCH saralash uchrashuvlari va OFK musobaqalarida ishladi.

Rossiyaning Bruney bilan uchrashuvi bugun Krasnodardagi stadionda tashkil qilinadi. Uchrashuv 20:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс