O'zbekiston terma jamoasi Eronga charter reysda uchadi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2017
12 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi Eron bilan o'ynaydi.
Shu munosabat bilan ertaga, 10 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi charter reys bilan Tehronga uchib ketadi. Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa 6 iyun kuni Toshkentda Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

12 iyun kungi o'yin Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia