O'zbekiston MTJ ertaga ko'k libosda o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
22 fev 2020
BAAdagi yig'in doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Belarus terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.

Bugun ikkala jamoa vakillari ishtirokida o'yin oldi miting o'tkazildi.

O'zbekiston terma jamoasi ertaga ko'k rangli libosida maydonga tushadi. Darvozabonimiz formasi qora rangda bo'ladi.

Belarus terma jamoasi qizil formada harakat qiladi. Darvozabon libosi rangi yashil bo'ladi.


Uchrashuv Sharja shahridagi "Al Hamriya" stadionida Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати