​O'zbekiston MTJ BAAga uchib ketdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2025
O'zbekiston terma jamoasi erta tongda BAA tomon yo'lga otlandi.

Terma jamoa JCH-2026 saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan bellashuvga deyarli tayyorgarlik ko'rish uchun deyarli to'liq tarkibda yo'l oldi. Hatto kecha to'yi bo'lgan Abduqodir Husanov safga qo'shildi. 

Tehronning "Istiqlol" jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov bugun Eron Kubogi finalida "Malavan"ga qarshi, SSKA a'zosi Abbos Fayzullaev esa 1 iyun kuni Rossiya Kubogi superfinalida "Rostov"ga qarshi o'yin munosabati bilan termaga sal keyinroq keladi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston bellashuvi 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia