O'zbekiston KXDRga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024
Milliy jamoa ertaga JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi o'yin o'tkazadi.

Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Futbolchilarimiz mazkur bahsda to'liq ko'k, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.

KXDR – O'zbekiston uchrashuvi ertaga Ventyandagi Yangi Laos Milliy stadionida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати