O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" "Aberdin"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2017, 19:03
Bugun Dubayda "Bunyodkor" klubi Shotlandiyaning "Aberdin" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

O'yinda Shotlandiya klubi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. "Qaldirg'ochlar" safida yagona golni Javohir Esonqulov raqib darvozasiga urdi.

Endi "Bunyodkor" yig'in doirasidagi so'nggi uchrashuvni 20 yanvar kuni Iordaniya milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.


"Aberdin" - "Bunyodkor" 2:1
Gollar:
Xayes 2, Shinnie 75 - Javohir Esonqulov 33

"Bunyodkor": Dilshod Hamroev, Dilshod Ahmadaliev, Dushan Michich, Islom Qobilov, Akram Komilov, Javlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov, Otabek Shukurov, Xurshid G'iyosov, Shahzodbek Nurmatov, Javohir Esonqulov
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Aleksandar Ignatovich, Javlon Mirabdullaev, Nurillo To'xtasinov, Nodirxon Kamolov, Dostonbek Hamdamov, Vadim Chemirtan, Mirjahon Mirahmadov, Sardorbek Azimov


“Bunyodkor” BAAdagi barcha o'rtoqlik uchrashuvlari:  
10 yanvar. “Bunyodkor” – Gana 0:2
11 yanvar. “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” (Xitoy) 1:1
13 yanvar. “Bunyodkor” – “Al-Faysaliy” (Saudiya Arabistoni) 1:1
15 yanvar. “Bunyodkor” – “Aberdin” (Shotlandiya) 1:2
20 yanvar. “Bunyodkor” – Iordaniya milliy terma jamoasi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia