O'rtoqlik o'yini. Rossiya Moldovani yuta olmadi

Mirjalol Normatov
12 noya 2020, 23:59
Bugun Moldovadagi "Zimbru" stadionida Rossiya termasi Moldovaga qarshi bahs olib bordi.

Unda tomonlar nursiz durangni qayd etdi. Shu o'rinda ma'lum qilish kerakki, ruslar ketma-ket 4 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Bunga qadar rossiyaliklar Shvetsiya (1:2), Turkiya (1:1) va Vengriya (0:0) termalarini mag'lub eta olmagandi. 

Moldova – Rossiya 0:0

"stadion Zimbru"

Moldova – Namashko, Jardan, Armash, Epuryanu, Ryabchuk, Chebotaru (Spetaru, 83), Ionice, Raca, Kaymakov (Kochuk, 64), Nikoleesku (Domashkan, 64), Pletike (Dros, 90).

Rossiya – Gilerme, Diveev, Jikiya, Karavaev, Jirkov (Kudryashov, 68), Miranchuk (Miranchuk, 67), Fomin, Ionov (Kuchaev, 46), Kuzyaev (Oblyakov, 53), Cheryshev (Mostovoy, 66), Chalov (Sobolev, 64).

Ogohlantirish: Raca (37), Jikiya (60).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia