"Oq-tepa": Usmonov umumiy guruhga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2013, 18:35
"Oq-tepa"ning iqtidorli yarim himoyachisi Xislat Usmonov yana safga qaytdi.
1-bosqichning 21-turida “Istiqlol”ni qabul qilgan "Oq-tepa"  2:0 hisobida g'alaba qozonganidan xabaringiz bor. Mazkur bahsning 55-daqiqasida mehmonlar a'zosi bilan to'qnashib, oyog'idan jiddiy jarohat olgan Usmonov ortda qolgan bir yarim oyni maydondan tashqarida o'tkazdi. Jarohatdan butunlay forig' bo'lgan yarim himoyachi yana mashg'ulotlarga kirishdi. Dastlab bir hafta davomida yakka tartibda shug'ullangan Xislat kechadan boshlab, umumiy guruhga qo'shildi. Biz futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

Eslatib o'tamiz, Usmonov birinchi bosqichda 17 uchrashuvda maydonga tushdi. Maydonda 576 daqiqa harakat qilgan yarim himoyachi o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Xislatning zarbalaridan “Andijon” va “Qo'qon-1912” jamoasi aziyat chekdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz