Oliver Glasner MYUni maqtadi

Mirjalol Normatov
29 noya 2025
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner APL doirasida 30 noyabr kuni bo'ladigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.

"Manchester Yunayted" APLda xG bo'yicha eng katta natija ko'rsatayotgan jamoa bo'lsa kerak.

Jamoa anchagina o'zgardi, ayniqsa hujumda. Ular hujumchilar uchun 200 million sarflashdi va endi ko'proq gol urishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, o'zgacha o'yin ko'rsatadigan Brayan Mbemo kabi futbolchisi ham bor.

Jamoaning o'yini meni quvontirmoqda. MYUning biz bilan bo'lgan so'nggi o'yini va hozirgisini solishtirdim, ular o'tgan mavsumdagidan ancha yaxshiroq harakat qilishmoqda", - dedi Glasner.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal