OKMK "Andijon"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Khoja
27 iyul 2025, 07:45
Davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan samarali foydalanishni maqsad qilgan konchilar kecha, 26 iyul oqshomida Olmaliqda "Andijon" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'yin o'ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to'rtta taym shaklida o'tdi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda olmaliqliklar 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Nazorat o'yini.

26 iyul.

"OKMK sport majmuasi" stadioni.

OKMK - "Andijon" 5:1

Gollar: Akbar O'ktamov (45), Ali Abdurahmonov (49), (51), Ajak Riak (98), Ruben Sanchez (139) - Damir Temirov (27).


KhojaMuallif
Manba: @fcokmk