O'FA prezidenti Achilbay Ramatovni tabriklaymiz

Mirjalol Normatov
20 avg 2018
"Lokomotiv" futbol klubi bosh homiysi - "O'zbekiston Temir yo'llari" akcionerlik jamiyati raisi, O'FA Prezidenti Achilbay Jumaniyazovich Ramatov bugun o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.

"Lokomotiv" futbol klubi va championat.asia sayti o'zbek futboli va umuman yurtimizda sport rivoji uchun jon koyitib ishlab kelayotgan rahbarlardan biri Achilbay Ramatovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi.

Biz u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Umid qilamizki, Achilbay Jumaniyazovich qo'l ostida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yanada yuqori marralarni zabt etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia