Nikolay Shirshovning Xitoyga urgan goli yodingizdami?

Iskandarov Abdulaziz
1 may 2022
O'zbekiston terma jamoasining tarixdagi o'yinlari va gollariga oid ruknimiz davom etadi

Ko'pchilik muxlislarimizning talabiga binoan JCH-2002 saralash bosqichining ikkinchi raundi so'nggi turidan o'rin olgan Toshkentda kechgan Xitoyga qarshi bahsni yodga olishga qaror qildik. Amalda mundial yo'llanmasidan quruq qolgan terma jamoamiz mazkur bahsdan avval Vladimir Salkovni iste'foga chiqqan, maydonga esa uning yordamchisi Leonid Ostroushko boshlab tushgandi. Minglab muxlislar qarshisida kechgan o'yindagi yagona g'alaba goliga Nikolay Shirshov mualliflik qiladi. Keyinchalik sobiq futbolchi intervyularida terma jamoadagi eng muhim goli va o'yini sifatida aynan biz eslayotgan bahsni keltirib o'tgan. 

JCH-2002 saralash bosqichi ikkinchi raund

O'zbekiston - Xitoy 1:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 15 000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Rodrigo Badilya (Kosta-Rika)

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xvostunov, Nikolay Shirshov, Davron Fayziev, Fevzi Davletov, Sergey Lushchan, Asror Aliqulov, Mirjalol Qosimov, Maksim Shackix, Jafar Irismetov

Bosh murabbiy: Leonid Ostroushko

Xitoy: Ou Chualiang, Du Vei, Li Veifeng, Vu Chengying, Vei Xin, Qu Bo, Li Xiopeng, Qi Xong, Li Ming, Shen Si, Su Maozen

Bosh murabbiy: Bora Milutinovich


GOLNI TOMOSHA QILISH UCHUN HAVOLA

TERMA JAMOAMIZ ISHTIROKIDAGI VIDEOLAR. RETRO 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia