Niderlandiya chempioni nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
5 may 2024
PSV Niderlandiya chempioniga aylandi.

Bugun Peter Bos jamoasi "Sparta"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi va 32 tur yakunlariga ko'ra 87 ochko jamg'ardi.

PSV 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bor chempionatda g'olib chiqdi. Bu vaqt davomida "Ayaks" uch bor, "Feyenoord" esa bir bor sovringa ega chiqdi.

Bu PSV tarixidagi 25-chempionlik tituli. Undan faqat "Ayaks" (36) ko'proq titulga ega.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PSV