Neymar: "Kelasi safar boshqa futbolka so'rayman"

Aziz Tukhtamuradov
4 sen 2021
Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar ortiqcha vazn to'plagani haqidagi shubhalarga javob qaytardi.

"Biz yaxshi o'ynadikmi? Yo'q. Biz g'alaba qozondikmi? Ha. Boshqasi bizni qiziqtirmaydi!

P.S. Men L-o'lchamdagi futbolkani kiyib olganman. Vazn bilan barchasi joyida. Kelasi safar M-o'lchamli futbolka so'rayman", - deb xabar qoldirdi Neymar Instagramdagi sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, bugun tunda Braziliya JCH-2022 saralashi doirasida Chiliga qarshi o'ynadi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/neymarjr