“Neftchi” ikki futbolchisini “Qo'qon-1912”ga ijaraga berdi

Alisher Ostonov
15 fev 2026, 20:00
O'tgan mavsumni “Neftchi”da o'tkazgan Silvanus Nimeli va Farhod Sohibjonov faoliyatini ijara asosida “Qo'qon-1912”da davom ettiradi.

“Jamoamiz safida o'tgan mavsumdan buyon faoliyat olib borgan va chempionlik yo'lida munosib hissa qo'shgan legioner hujumchi Silvanus Nimely, shuningdek mavsum boshida tarkibimizga kelib qo'shilgan  vinger Farhod Sohibjonov mavsumning qolgan qismini ijara asosida “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazadigan bo'ldi.

Mazkur ijara kelishuvi uch tomon - futbolchilar, jamoamiz hamda “Qo'qon-1912” klubi uchun ham manfaatli hisoblanadi. Bu qaror o'yin amaliyotini oshirish, tajriba to'plash va kelgusida yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun muhim qadamdir.

Futbolchilarimizga yangi jamoasida omad, muvaffaqiyat va yorqin o'yinlar tilab qolamiz!”, - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати