"Neftchi" Bilolxon Toshmirzaev bilan shartnomani uzaytirdi
Iskandarov Abdulaziz
26 dek 2024, 16:33
"Neftchi" o'tgan mavsum jamoada o'ynagan futbolchini saqlab qoldi.
Klub Bilolxon Toshmirzaev bilan shartnomani uzaytirdi. Futbolchi o'tgan mavsum Superligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarket portali uning narxini 350 ming evroga baholagan.