

Bekobodliklar bugun poytaxtdagi o'quv-yig'in mashg'ulot doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qozog'istonning "Ontustik Akademiya" jamoasi raqiblik qilgan bahsda omad Ilhom Mo'minjonov shogirdlariga kulib boqdi. O'yindagi yagona g'alaba keltirgan golga Sanjar Shoahmedov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi
"Metallurg" - "Ontustik Akademiya" 1:0
Gol: Sanjar Shoahmedov
"Metallurg": Suhrob Sultonov, Vladimir Bubanya, Azim Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Doston Abdulhaev, Yochich Branomir, Saidumar Saidnurullaev, Sanjar Shoahmedov, Armin Boshnyak, Navruz Iminjonov, Abdulvohid Oxtaev.
Zaxiradagilar: Moxir Komilov,Sherzod Komilov, Dilruh Aliev, Asiljon Begimqulov, Komil Tojiddinov, Javohir Ubaydullaev, Ibrohim No'monov, Jasur Hakimov, Mo'min Meliev, Abdulvohid Oxtaev.