"Navbahor" legioneri Kiprdan nega ketgan?

"Lochinlar" matbuot xizmati qirg'izistonlik Mirlan Murzaevning transferini e'lon qildi.

Uning karerasiga e'tibor qaratsak, 2019 yil avgustida Shimoliy Kiprning "Dogan Turk Birligi" jamoasi bilan shartnoma imzolagani ko'rinadi. Ammo hujumchi bir oydan keyin "Dordoy"ga qaytib ketgan. Bu o'tishning o'ziga xos tarixi bor.

Gap shundaki, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (1975 yilda tashkil topgan) FIFAga ham qabul qilinmagan. Bu mamlakat fuqarolari FIFA va UEFA shafeligida o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etolmaydi.

O'z navbatida FIFA barcha terma jamoa futbolchilariga tan olinmagan chempionatlarda o'ynashni rasman taqiqlaydi. Agar shunday bo'lsa, qoidani buzgan o'yinchi o'z terma jamoasidan chetlashtiriladi. Mirlan Murzaev shu taqiq tufayli Shimoliy Kiprni zudlik bilan tark etishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Kipr orolining janubiy qismiga joylashgan Kipr republikasi FIFA a'zoligiga qabul qilingan. Siz YCHLda ko'rib o'rgangan APOEL klubi mana shu davlat vakili hisoblanadi.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia