"Nasonal"dan 4:0, Sardor Rashidovdan xet-trik

Narzulla Saydullayev
16 fev 2019, 22:20
Bugun "Nasonal" Portugaliya chempionatining 22-turi doirasida "Feyrensi" klubini qabul qildi.

Bu o'yin hamyurtimiz Sardor Rashidovning benefisiga aylanib ketdi. O'zbekistonlik futbolchi xet-trikka erishdi. Yana bir golni Roches mehmonlar darvozasiga urdi - 4:0.


"Nasonal" - "Feyrensi" 4:0  

Bosh hakam
: Joau Pedro Pineyro (Portugaliya)

Gollar: Sardor Rashidov 12, - 1:0. Sardor Rashidov 54, - 2:0. Sardor Rashidov 67, - 3:0. Roches 80, - 4:0.

"Nasonal": Daniel, Rosich, Mauro Serkeyra, Julio, Kalindi, Serxio Marakis, Vitor Gonsalvesh, Palochevich, Sardor Rashidov (Roches, 70), Joau Kamacho (Riaskos, 65), Viti

"Feyrensi": Andre Moreyra, Vitor Bruno, Briseno, Flavio, Diga, Kris (Ofori, 46), Marko Soaresh, Tiago Silva, Joau Silva, Sturgeon (Mateus Anderson, 71), Kucha (Petrov, 59)

Ogohlantirishlar: Serxio Marakis 15, Flavio 25, Tiago Silva 64, Vitor Bruno 82.




Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90. O'yin tugadi. "Nasonal" 4:0 hisobida g'alaba qozondi, Rashidovdan xet-trik! 

89. ZARBA! "Feyrensi" hisobni qisqartirishi mumkin edi, jamoa sardorining birga bir vaziyatga yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

86. Stadionga yig'ilgan muxlislar "Sardor, Sardor, Sardor" deb baqirishmoqda

82. Ogohlantirish. "Feyrensi". Vitor Bruno

80. GOOOOOOOOL! ROCHES! Rashidovning o'rniga tushgan hujumchi gol urdi - 4:0.

78. O'yin tempi tushdi. Hisob yiriklashib ketgani uchundir balki

71. O'zgarish. "Feyrensi". Sturgeon o'rniga Mateus Anderson tushdi

70. O'zgarish. "Nasonal". Sardor Rashidov o'rniga Roches tushdi. Hamyurtimiz qarsaklar ostida maydonni tark etdi.

67. O'ng qanotdan Riaskos tomonidan oshirilgan to'pni darvoza yonginasida turgan Rashidov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YANA RASHIDOOOOOOOOOOOOOOOOV! XET TRIK! 3:0.  VIDEONI TOMOSHA QILING

65. O'zgarish. "Nasonal". Joau Kamacho o'rniga Riaskos tushdi

64.Ogohlantirish. "Feyrensi". Tiago Silva

59. O'zgarish. "Feyrensi". Kucha o'rniga Petrov tushdi

54. Tezkor qarshi hujum vaqtida Rashidov jarima maydoniga kirib borib o'ng oyoqda yaqin burchakni nishonga oldi - 2:0.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOOOOOOOOOOR RASHIDOOOOOOOOOOOOOV! DUBL! 2:0!  VIDEONI TOMOSHA QILING

51. Xavfli vaziyat. "Nasonal"ning hujumi, Palochevich to'pga eta olmadi!

50. Hozircha teng o'yin davom etmoqda

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Feyrensi". Kris o'rniga Ofori


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:0, "Nasonal" oldinda   

40. ZARBAAA! Vitining kuchli zarbasini darvozabon egallab oldi

38. "Feyrensi" gol o'tkazgach ko'proq hujumga o'tdi, 4 marta burchak to'pini amalga oshirishdi mehmonlar

31. Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatida urgan birinchi golini tomosha qiling: VIDEO

28. "Feyrensi" bugun birinchi bor hujumga o'tdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi

25. Ogohlantirish. "Feyrensi". Flavio

24. Sardor Rashidov bugun markaziy hujumda o'ynamoqda. Undan yana bir gol kutamiz

15. Ogohlantirish. "Nasonal". Serxio Marakis

12. Birga bir vaziyatga chiqib borgan Sardor himoyachini ortda qoldirib hisobni ochdi - 1:0.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOOOOOOOOOOR RASHIDOV! 1:0

10. Dastlabki 10 daqiqada tashabbus mezbonlar tomonida.

7. Jarima to'pini "Nasonal" futbolchilari amalga oshirishdi. To'pni darvozabon qaytarib yubordi.

3. ZARBAAAAA! Sardor Rashidov jarima maydoni ichidan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.

1. O'yin boshlandi!

- Hamyurtimz Sardor Rashidov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. 

- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia