"Nasaf" muxlislarga 3 ta sovrin bilan suratga tushish imkonini yaratdi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025, 19:11
Qarshining "Nasaf" klubi OKMKga qarshi bahs oldidan muxlislarga ajoyib tuhfa taqdim etdi.

Klub "Markaziy" stadioniga o'zi qo'lga kiritgan sovrinlar – Superliga, O'zbekiston Kubogi va Superkubok titullarini o'rnatib, maxsus fotozona tashkil qildi va bu orqali muxlislarga fotosessiya uyushtirish imkoniyatini yaratib berdi.

Bugun Qarshida futbol muhiti hukm surmoqda. Jamoa Superliga 11-turidan o'rin olgan markaziy bellashuvda OKMKni mehmon qiladi. Olmaliqliklar o'z ananasiga muvofiq uchrashuv boshlanishidan 2 soat oldin arenaga yetib keldi. Mezbon "Nasaf" esa o'yinga 1 soat-u 10 daqiqa oldin "Markaziy"da hozir bo'ldi.

"Markaziy" stadioni ayni paytda



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia