"Nasaf" ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etdi

Administrator
14 yanv 2023
Bu uchrashuvda Bobir Abdixoliqov va Mateus Lima Kruz bittadan gol urib, durang qayd etishdi.

"Bugun jamoamiz Qarshidagi yig'in doirasida ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etishdi. Uchrashuvda dastlab “oqlar” safida to'p surgan Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi (1:0). “Ko'klar”dan esa Mateus Lima Kruz boshi bilan to'pni darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi (1:1). Ikkinchi bo'limda Husniddin Aliqulov o'n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib “oqlar” g'alabasini taminladi (2:1).

Eslatib o'tamiz, qarshiliklar 26-yanvargacha Qarshida mashg'ulot olib borishadi va 27-yanvar kuni Turkiyaga uchib kyetishadi", -deyiladi "Nasaf" klubi matbuot xizmati bergan xabarda.


AdministratorMuallif
Manba: "Насаф" футбол клуби матбуот хизмати