

Doniell Malen 7-daqiqadayoq gol urib, rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Leonardo Spinaccola hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada Doniell Malen penaltidan unumli foydalanib, hisobni o'zgartirdi, ammo neapolliklarning braziliyalik forvardi Alisson Santos 82-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.
"Napoli" A Seriyada 25 o'yindan so'ng 50 ochko jamg'argan holda uchinchi, "Roma" esa 47 ochko bilan to'rtinchi o'rinni band etgan.





