"Nant" "Fiorentina" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
11 avg 2023, 18:48
"Fiorentina" va Kot-d`Ivuar termasi hujumchisi Kristian Kuame faoliyatini "Nant"da davom ettirishi mumkin.

  

Tomonlar sotib olish huquqi bilan ijara borasida muzokara o'tkazishmoqda. Italiyaliklar to'laqonlik transfer summasi 10 million evro qilib belgilanishini, "Nant" esa faqatgina 5,5 million evroga rozi bo'lishini ma'lum qilgan. Futbolchining o'zi yangi klubida yiliga 1,5 million maosh olishni istaydi.

O'tgan mavsum Kuame 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist etkazib berdi. "Transfermarkt" portali 25 yoshli ivuariylik transferini 12 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net