Nainggolan hibsga olindi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
Bir haftadan kamroq vaqt oldin Raja Nainggolan futbolga qaytgan va Belgiya ikkinchi divizioni vakili "Sporting Lokeren" bilan shartnoma imzolagandi.

HLN 36 yoshli yarim himoyachining hibsga olingani haqida xabar bermoqda. Nainggolan Antverpen porti orqali Janubiy Amerikadan Yevropaga olib kelingan narkotik moddalar kontrabandasi tergovi doirasida qo'lga olingan. Nainggolan aynan nimada ayblanayotgani hozircha noma'lum.

"Policiya hech qanday izoh bermayapti va aybsizlik prezumpciyasini hurmat qilmoqda. Biz, klub bunga qo'shilamiz. Biz faqat futbolchi ertalabki mashg'ulotda bo'lmaganini tasdiqlashimiz mumkin", – deyiladi klub izohida.

Avvalroq Raja Nainggolan "Sporting Lokeren" safidagi debyut uchrashuvida burchak zarbasidan gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: HLN