MYU sobiq darvozaboni 43 yoshida faoliyatini tikladi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2021, 23:14
Shimoliy irlandiyalik taniqli darvozabon Roy Kerroll "Dangannon Svifts" bilan shartnoma imzoladi.

43 yoshli futbolchi 2019 yilda yakunlagan faoliyatini yana davom ettirishga qaror qildi.

Kerroll 2001-2005 yillarda "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagani bilan ko'pchilikka tanish.

"Dangannon Svifts" – Shimoliy Irlandiya Premer-ligasi qatnashchisi. Jamoa 25 turdan keyin jadvalda so'nggi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC