Mavsumni “Dinamo” klubida o'tkazgan yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov legionerga aylandi.
Futbolchi Bangladesh Premer-ligasi ishtirokchisi “Moxammedan Dakka” bilan shartnoma imzolagan.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Bangladesh chempionatida Otabek Valijonov, Asror G'ofurov, Shukurali Po'latov, Timur Talipov kabi futbolchilar to'p tepadi.