Morata Turkiya chempionatiga yo'l olmoqda!

Mirjalol Normatov
30 yanv 2025, 21:31
"Milan" futbolchisi Alvaro Morata yaqin vaqtlar ichida "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, turk klubi hujumchining muzokaralarida oldinga siljishga erishgan. Tomonlar yaqin vaqtlar ichida kelishuvga erishish arafasida. Morata ijara asosida "Galatasaroy"da o'ynaydi. Biroq ushbu mavsum yakunlanganidan keyin turkiyaliklar Moratani 16 mln evro evaziga sotib olishga majbur bo'ladi.

Morata yozgi transferlar oynasi vaqtida 13 mln evro evaziga "Milan"ga o'tgan va 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.

Ispaniyalik ushbu mavsumda barcha turnirlarda 25 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano