Mish-mishlarga chek qo'yildi: Lunin Madridda qoladi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2025, 19:59
Madridning "Real" klubi darvozaboni Andriy Lunin jamoani tark etishi haqidagi ko'plab mish-mishlarga qaramay, Madrid klubida qolish qarorini rasman tasdiqladi.

Ukrainalik darvozabon "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida faoliyatini poytaxt jamoasida davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qildi. 2023/24 yilgi mavsum Lunin "Real" safida 14 o'yin o'tkazib, 19 ta gol o'tkazib yuborgan va 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Avvalroq darvozabonga "Manchester Yunayted" va "Galatasaroy" kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo ukrainalik futbolchi jamoasini o'zgartirmaydigan bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito