"Milan" "Real" darvozaboniga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
17 noya 2025
"Milan" yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan asosiy darvozabon Mayk Menyanning o'rnini bosuvchi futbolchi izlash bilan band.

Italiya grandi "Milan" "Real" darvozaboni Andrey Luninni Menyanga o'rinbosar deb bilmoqda va bu yozda ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor.

"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, "rossoneri" transfer uchun taxminan 8-10 million evro sarflashga tayyor, ammo bitta muhim omil muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin.

Lunin - eng jozibador variantlardan biri: u yirik musobaqalarda o'ynash tajribasiga ega, ammo "Real"da zaxira o'yinchisi bo'lib qolmoqda. Asosiy to'siq uning klub bilan 2030 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnomasi.

"Real" Luninning salohiyatini yuqori baholaydi va uni bepul qo'yib yubormaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dailysports.net