MFLda 15 yoshli futbolchi oxirgi 3 bahsda 1+2 natija qayd etdi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2020
Ayni daqiqalarda Rossiya birinchi ligasi (MFL)da “Irtish” hamda “Chertanovo” o'rtasidagi bahs davom etmoqda.

Uchrashuvning 64-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Sergey Pinyaev raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. U 2-bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi. 15 yoshli futbolchi MFLda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangandi. U so'nggi uch bahsda o'z hisobiga 2 assist va golni yozdirdi.


Avvalroq, yosh forvard “Manchester Yunayted” bazasiga tajriba oshirish uchun borgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru