Messi sovrin yutishi bilan Ronaldu Instagramga surat joyladi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2024
Londonda FIFAning The Best marosimi bo'lib o'tdi va unda yilning eng yaxshilari taqdirlanishdi.

Ushbu tadbirda Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, ammo u Londonga tashrif buyurmagani uchun sovrinni Leoning sobiq jamoadoshi Terri Anri qabul qilib oldi.

Messi sovrin yutgani haqidagi xabardan bir necha daqiqa o'tib uning shaxsiy va jamoaviy sovrinlar bo'yicha raqibi Krishtianu Ronaldu Instagramga surat joyladi.

"Ko'prog'i uchun qaytdim" - deya izoh qoldirdi Ronaldu surat ostiga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia