Messi "Inter Mayami"da debyut qildi va jamoasining g'alaba to'pini kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2023
"Inter Mayami" Leagues Cup turnirining guruh bosqichida "Krus Asul" jamoasini 2:1 hisobda mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuv doirasida Lionel Messi va Serji Buskets "Inter Mayami" tarkibida debyut qildi. Ular 54-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. 

94-daqiqada esa Messi jarima zarbasidan jamoasining g'alaba to'pini kiritdi. 

Leagues Cup

Guruh bosqichi

"Inter Mayami" – "Krus Asul" – 2:1

Gollar: 1:0 – Teylor (44), 1:1 – Antuna (65), 2:1 – Messi (90+4).

Leagues Cup - AQSH va Meksika jamoalari ishtirokidagi turnir hisoblanadi. Bu yildan boshlab musobaqa KONKAKAF shafeligi ostidagi rasmiy turnirga aylandi. Musobaqada dastlabki uchta o'rinni olgan klublar KONKAKAF Chempionlar ligasiga yo'llanma oladilar. 




Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia