Maydonga shakl qanday beriladi?

Xayrulla Xoliqov
14 mar 2018
Bugun "Navbahor" klubi rasmiy saytida Namangandagi "Markaziy" stadion direktori bilan suhbat chop etildi.

Lekin biz intervyu haqida gapirmoqchi emasmiz, balki intervyu ichida berilgan suratlardan biri e'tiborimizni tortdi. Yani ushbu suratda asfalt tekislaydigan mashinaning maydonga chiziq tortayotgani tasvirlangan.


Qiziq, asfalt mashinasi qanday qilib maydonga chiziq tortadi? Internetni titkilab YSC 303 markali texnika haqida bazi ma'lumotlarni topdik. Mashina og'irligi 3030 kg. ekan, yani uch tonnadan sal ziyodroq. Albatta, maysa ustiga uch tonna yuk bilan chiqish juda katta gap. Mashina o'z og'irligi bilan yashil maysani bosib chiziq tortdi ham deylik, lekin bu holat o't urug'ini chiritib yubormasmikin...

To'g'ri, biz mutaxassis emasmiz va bu haqda konkret gapira olmaymiz. Lekin baribir asfalt tekislaydigan mashinani futbol maydoniga olib kirish g'alati ko'rinsa kerak. Og'ir vaznli mashina maysa ustida uch-to'rt marta borib kelganidan keyin o'tning holati qanday bo'ladi, hayronmiz.


Quyidagi videoda "Lokomotiv" stadionida maysani qirqish va shakl berish qanday amalga oshirilishini ko'rishingiz mumkin. Xulosa esa o'zingizdan.

TAS-IX




Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia