Matyuidi koronavirusga chalindi

“Yuventus” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Blez Matyuidi koronavirus tashxisi bilan karantinga olindi, deya xabar bermoqda Turin klubi rasmiy ayti.

Ilgariroq “Yuve”ning boshqa bir himoyachisi Daniele Rugani aynan shu virusga chalingandi. Shundan keyin klubning barcha ishchi xodimlari – futbolchilar, personal, rahbar va boshqa xodimlar ixtiyoriy tarzda karantinga chiqishgandi. Italiya chempionati koronavirus epidemiyasi tufayli to'xtatilgan.


Manba: "Ювентус" расмий сайти