"Match TV" grafika operatori ishsiz qoldi. Nega?

Aslanov Jasurbek
23 noya 2024
"Match TV" telekanalida efirga uzatilgan "Orenburg" - "Zenit" uchrashuvi vaqtida xatolik yuz berdi.

Bahs efiri paytida "Zenit" o'rniga "Spartak" logotipi qo'yilgan, tur taqvimi namoyish etilganda esa "qizil-oqlar" logosi 4 marta, "Dinamo"niki esa 5 marta ishlatilgan.


“Hurmatli tomoshabinlar! Bugun RPL 16-turining ochilish o'yini oldidan pudratchi tashkilot – translyatsiyani loyihalash bo'yicha hamkorning grafik stanciyasida dasturiy nosozlik yuz berdi. Shu sababli, bazi klub emblemalari efirda noto'g'ri ko'rsatilgan.


Nosozlik sababi ma'lumotlar bazasidan bir vaqtning o'zida bir nechta arxiv fayllarini ochish edi. Mazkur epizod natijasida grafik operatori pudratchi tomonidan efirdagi ishdan chetlashtirildi va mutaxassislarimiz keyingi ko'rsatuvlarda tizimning barqaror ishlashini taminlash uchun zarur say-harakatlarni amalga oshirmoqda.


Bo'lib o'tgan vaziyat uchun sizdan uzr so'rayman”, - deb yozdi Match TV bosh prodyuseri Aleksandr Tashchin o'zining telegram-kanalida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru