Martin Edegor: "APLda hech qachon oson bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026
"Arsenal" sardori Martin Edegor "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya chempionatining 23-turidagi 2:3 hisobidagi mag'lubiyat yuzasidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz etarlicha yaxshi o'ynamadik, vaziyatni tahlil qilish uchun vaqt kerak. Yaxshiroq o'ynashimiz shart edi, ammo hozir birlashib, ishni davom ettiramiz.

Birinchi bo'limda ustunlik qildik, gol urdik va o'yinni nazorat qildik, biroq ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Hisobni 2:2ga tenglashtirishga erishdik, lekin MYU darhol javob golini urdi. APLda hech qachon oson bo'lmaydi, buni bilamiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, yaxshi boshladik, ammo ikkinchi bo'limda ko'p narsa o'zgardi.

Albatta, o'yinimiz yaxshiroq bo'lishi mumkin edi va bu mag'lubiyatdan xulosa chiqarishimiz lozim. Har bir o'yin - katta sinov, bu futbolning bir qismi. Biz hali ham jadval tepasidamiz, shuning uchun oldinga intilishni va g'alabalar yo'liga qaytishni davom ettirishimiz shart, bu yagona dori", – dedi Edegor.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" 38 ochko to'plab, APL jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. "Arsenal" esa 50 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC