Marsyal Ispaniyaga yetib keldi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal "Sevilya"ga o'tdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, 26 yoshli fransiyalik futbolchi transferni yakunlash uchun 25 yanvar kuni Ispaniyaga uchib ketgan.

"Lion" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Marsyal 2013 yilning yozida besh million evro evaziga "Monako"ga ko'chib o'tgan. Oradan ikki yil o'tib, "Manchester Yunayted" fransiyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro to'lagan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Marsyal MYU safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano