Marselo: "Real" – bu "Real". Bizga taslim bo'lmaslik o'rgatiladi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2025
Marselo "Real"ning Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqishiga ishonadi.

"Real Madrid"ni hech qachon hisobdan chiqarib bo'lmaydi. Uchta gol – bu ko'p, lekin "Qirollik klubi" kambek qilishiga ishonaman. "Real" – bu "Real".  

Javob o'yini "Bernabeu"da bo'lib o'tadi, muxlislar jamoani qizg'in qo'llab-quvvatlaydi, futbolchilar esa hamma narsa mumkinligiga ishonishadi. Albatta, biz o'yin qanday yakunlanishini bilmaymiz, lekin "Real" kambek qilishiga ishonamiz.

"Real"ga qo'shilgan kundan boshlab bizga hech qachon taslim bo'lmaslik o'rgatiladi, bu bizning qonimizda", – dedi "Real"ning sobiq himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN