Mareska: "Estevao Palmer izidan boradi"

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Estevao Villianni Koul Palmer bilan taqqosladi.

Chorshanba kuni 18 yoshli vinger "ko'klar"ga "Ayaks" ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi hamda gol urdi va Chempionlar Ligasida gol urgan klub tarixidagi eng yosh futbolchi bo'ldi.

"Estevaoga vaqt kerak, biroq mening fikrimcha, u Palmerga o'xshaydi. Koul "Manchester Siti"da qanotda boshladi, keyin jismonan etuklashib, markazda o'ynashga o'tdi. Estevao kelajakda ham xuddi shu yo'ldan borishi va 10-raqam ostida o'ynashi mumkin", – dedi Mareska matbuot anjumanida.

Yosh braziliyalik o'tgan yozda "Palmeyras"dan London grandiga qo'shilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com